Diqqat! Portal test rejimida ishlamoqda!

She`rlar

ISTIQLOL BOLALARI

Yuklab olish
Manba: MUDRM Tavsif: 4-sinf O‘qish

Dilshod Rajab

ISTIQLOL BOLALARI
Istiqloldan bahra olgan, 
Yurt mehrini dilga solgan,
Shodlik kuyin baland chalgan, 
Biz bolalar, biz bolalar    - 
Quvnoq o‘g‘il-qiz bolalar.
Vatan – ozod, Vatan obod, 
Kelajakka boramiz shod, 
Shodon avlod – sog‘lom avlod, 
Biz bolalar, biz bolalar    -
 Quvnoq o‘g‘il-qiz bolalar.
A’lo o‘qish – chin ontimiz, 
O‘zbek elin quvonchimiz, 
Buyuk Vatan ishonchimiz, 
Biz bolalar, biz bolalar    -
Quvnoq o‘g‘il-qiz bolalar.

    

Yana...