O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

Найти!







 I Komputer Savodxonligi Umumta'lim maktablari o'qituvchilari uchun qo'llanma
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya
Muallif
Yil2007
FormatlarHTML

1981 yilda IBM firmasi tomonidan ilk shaxsiy kompyuter yaratildi va o'tgan chorak asr mobaynida yangi avlod voyaga yetib, katta hayotga kirib keldi. Bu vaqt mobaynida kompyuter texnologiyalari jamiyat hayotini tanib bo'lmas darajada o'zgartirib yubordi. O'sha paytda shaxsiy kompyuter nimalarga olib kelishini ko'z oldimizga keltirish qanchalik qiyin bo'lgan bo'lsa, yangi avlod uchun 25 yil avvalgi shaxsiy kompyuterlar bo'lmagan hayotni tasavvur qilish bundanda mushkul.

Endilikda, axborot texnologiyalari nafaqat mustaqil fan sifatida shakllanib ulgurdi, balki iqtisodiyotning eng jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan sohasiga aylandi va millionlab odamlarning hayot tarzini belgilab berdi. Ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi jarayonlarni kompyuter yordamida boshqarish - axborot-kommunikasiya texnologiyalarini o'rganishga bo'lgan ehtiyojni kun sayin oshirib bormoqda. Shu bois, bu sohani puxta egallagan, malakali mutaxassislarni tayyorlash - oxir-oqibat butun iqtisodiyotni yuksaltirish bilan chambarchas bog’liq asalaga aylandi.

Tabiiy-ki, bu masalani hal qilishda ta'lim tizimining o'rni beqiyos hisoblanadi. "O'zbekiston Respublikasi umumta'lim maktablarini axborotlashtirish" to'g’risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va Vazirlar mahkamasining bu sohadagi Qarorlari ta'lim tizimida amalga oshirilishi kerak bo'lgan vazifalarni belgilab berdi. 2006-2007 o'quv yilining "Axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishda pedagog kadrlarning salohiyatini oshirish o'quv yili" deb e'lon qilinishi ham bu borada qilinayotgan ishlarning mantiqiy davomidir.

2006-2009 yillar mobaynida respublikamizning umumta'lim maktablarini minglab kompyuter sinflari bilan ta'minlanish ko'zda tutilgan. Bu kompyuterlarning barchasini yagona kompyuter tarmog’iga ulab, ta'limning yaxlit texnik tizimini tashkil etish rejalashtirilgan. Bu bilan nafaqat
poytaxt va viloyat markazlaridagi, balki olis chekka qishloqlardagi maktablarda ham ta'lim sifatini yangi pog’onalarga ko'tarish imkoni ochiladi.

Xalq ta'limi vazirligining 2006-yil 27 oktyabrdagi 265-sonli buyrug’iga asosan, respublikamiz umumta'lim maktablarining barcha o'qituvchilarining axborot texnologiyalari bo'yicha malakasini oshirish mo'ljallangan. Mazkur qo'llanma bu kurslarda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan o'qituvchilarning ilk bilim va ko'nikmalarni egallashlarida yordam beradi. Kompyuter savodxonligi bo'yicha orttirilgan bilim va ko'nikmalar o'qituvchilarning pedagogik mahoratini yuksaltirib, ularning amalda qo'llanishi darslarga o'zgacha joziba bag’ishlaydi, deb umid qilamiz.


Formatda yuklash:
HTML (15 Kb)
   
Maqola sanasi: 22 Avgust 2007 18:02


Yangiliklar bolimiga o`tish
  © Copyright 2018 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.ccitt.uz    www.ziyonet.uz    www.multimedia.uz