Diqqat! Portal test rejimida ishlamoqda!

Metodik tavsiyalar

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida harbiy-vatanparvarlik yo’nalishiga ixtisoslashtirilgan VII sinflari uchun 2018-2019 o’quv yiliga mo’ljallangan o’quv reja

Yuklab olish
Manba: Tavsif:

Ushbu o’quv reja O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentinin 2017 yil 17 noyabrdagi PQ-3392-son qarori, Vazirlar mahkamasining 2008 yil 7 avgustdagi “Ayrim fanlar chuqurlashtirib o’qitiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi 173-sonli, 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-soni, 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-sonli, 2018 yil 23 fevraldagi “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi 140-son qarorlar hamda Xalq ta’limi vazirligi va Milliy gravdiyaning 2018 yil 28 maydagi “Umumiy o’rta ta’lim maktablarida harbiy-vatanparvarlik yo’nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 28/7-son qo’shma qarori, Xalq ta’limi vazirining 2018 yil 27 iyuldagi “Umumiy o’rta ta’lim maktablarining I-XI sinflari uchun 2018-2019 o’quv yilga mo’ljallangan tayanch o’quv rejani tasdiqlash to’g’risadi”gi 191-sonli buyrug’i hamda Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan Sanitariya qoidalari va me’yorlari (SanSvaM №0102-00) asosida tuzilgan.

Ushbu o’quv reja O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentinin 2017 yil 17 noyabrdagi PQ-3392-son qarori, Vazirlar mahkamasining 2008 yil 7 avgustdagi “Ayrim fanlar chuqurlashtirib o’qitiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi 173-sonli, 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-soni, 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-sonli, 2018 yil 23 fevraldagi “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi 140-son qarorlar hamda Xalq ta’limi vazirligi va Milliy gravdiyaning 2018 yil 28 maydagi “Umumiy o’rta ta’lim maktablarida harbiy-vatanparvarlik yo’nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 28/7-son qo’shma qarori, Xalq ta’limi vazirining 2018 yil 27 iyuldagi “Umumiy o’rta ta’lim maktablarining I-XI sinflari uchun 2018-2019 o’quv yilga mo’ljallangan tayanch o’quv rejani tasdiqlash to’g’risadi”gi 191-sonli buyrug’I hamda Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan Sanitariya qoidalari va me’yorlari (SanSvaM №0102-00) asosida tuzilgan.

Harbiy-vatanparvarlik yo’nalishiga ixtisoslashtirilgan VII sinflarda “Yo’l harakati” qoidalari, “Hayot xavfsizligi asoslari” mashg’ulotlari, “Sog’lom avlod asoslari” o’quv kursi har o’quv yili oldidan Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan tayanch o’quv rejasiga tushuntirish xati asosida amalga oshiriladi.

Harbiy-vatanparvarlik yo’nalishiga ixtisoshlashtirilgan VII sinflarga qo’shimcha soatlar quyidagi fanlardan va hajmda olib beriladi:

Ona tili va adabiyoti fanidan 1 soat olinib, tarix fani haftasiga 4 soat shundan, O’zbekiston tarixi fani 2 soat, Jahon tarifi fani 2 soatdan o’qitiladi;

Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari fanidan 0,5 soat, tasviriy san’at va  chizmachilik fanidan 0,5 soatdan olinib, chet tili fani haftasiga 4 soat o’qitiladi;

Musiqa madaniyati fanidan 0,5 soat, texnologiya fanidan 1 soat olinib, jismoniy tarbiya fani haftasiga 3,5 soat, shundan jismoniy tarbiya fani 2 soat, boshlang’ich amaliy harbiy jismoniy tayyorgarlik va sport, harbiy sport, saf tayyorgarligi mashg’ulotlari 1,5 soat o’qitiladi. Ushbu mashg’ulotlarni chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fani o’qituvchisi, harbiy xizmatni o’tab, nafaqata ijobiy sabablar bilan chiqqan, tajribaga ega, oliy ma’lumotli zahiradagi harbiy pensioner, jismoniy tabriya fani o’qituvchisi olib borishi mumkin.

“Konstitutsiya olamiga sayohat” kursi 17 soat hajmida maktab ixtiyoridagi soatlar hisobidan o’qitiladi.

Ushbu fanlarning o’qitilishi Respublika ta’lim markazining tavsiyalari asosida, tegishli o’quv dasturlari va taqvim-mavzu rejalarga muvofiq tashkil etiladi.

O’quvchilarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida faxriylar bilan uchrashuvlar, harbiy qismlar, muzeylar, haykallar joylashgan hiyobonlarga borish, xalqimizning tarixi va urf-odatlarini o’rganish, teatrlar va ko’rgazmalarga tashrif buyurishi tavsiya etiladi.

Milliy gvardiyaning hududiy harbiy bo’linmalari tomonidan biriktirilgan harbiy xizmatchilar harbiy vatanparvarlik yo’nalishlari bo’yicha fakultativ kurslar, liderlik mahorati va psixologik treninglar, sport, harbiy-sport to’garaklarini maktab direktori va bo’linma boshlig’i tomonidan tasdiqlangan reja (jadval) asosida tashkil etiladi.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida harbiy-vatanparvarlik yo’nalishiga ixtisoslashtirilgan VII sinflari uchun 2018-2019 o’quv yiliga mo’ljallangan o’quv reja

T/r

Fan yo’nalishlari va o’quv fanlari

VII sinf haftalik o’quv soatlari

Yillik soatlar

I.

Filologiya fanlari

6

204

1.1.

Ona tili va adabiyot

4*

136

1.2.

O’zbek tili / Rus tili

2

68

II.

Ijtimoiy fanlar

0,5

17

2.1.

Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari

0,5*

17

III.

Aniq fanlar

5,5

187

3.1.

Matematika

5

170

3.2.

Informatika va axborot texnologiyalari

0,5

17

IV.

Tabiiy va iqtisodiy fanlar

8

272

4.1.

Fizika

2

68

4.2.

Kimyo

2

68

4.3.

Biologiya

2

68

4.4.

Tabiiyot va geografiya

2

68

V.

Amaliy fanlar

2

68

5.1.

Musiqa madaniyati

0,5*

17

5.2.

Tasviriy san’at va chizmachilik

0,5*

17

5.3.

Texnologiya

1*

34

VI.

Ixtisoslashtirilgan fanlar

11,5

391

6.1.

Tarix

4

136

6.2.

Chet tili

4

136

6.3.

Jismoniy tarbiya

3,5

119

 

Maktab ixtiyoridagi soatlar

0,5

17

 

Umumiy soatlar

34

1156

 

Amaliy mehnat mashg’ulotlari (kun hisobida)

10

 

 

 

Yana...