Diqqat! Portal test rejimida ishlamoqda!

Portaldan foydalanish


Xalq ta’limi vazirligining axborot-ta’lim portali (www.eduportal.uz)ga joylashtirilgan elektron axborot ta’lim resurslari (EATR)dan samarali foydalanish bo‘yicha metodik tavsiya

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining axborot-ta’lim portali (www.eduportal.uz) qayta ishlab chiqilgan bo‘lib, portal tarkibidagi sahifalarni 2 tilda (o‘zbek va rus tillarida) ko‘rish mumkin. Portal keng ko‘lamdagi foydalanuvchilar uchun yaratilgan. Mazkur portal TAS-IX maydonida joylashganligi uchun EATRni yuklab olish va ulardan foydalanish bepul amalga oshiriladi.Portalga joylashtirilgan barcha ta’lim resurslarini yuklab olish yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etish orqali ta’lim jarayonlarida foydalanish imkoniyatlari yaratilgan.
Quyidagi rasmda axborot-ta’lim portali (www.eduportal.uz)ning bosh sahifasi keltirilgan. Portal bosh sahifasining chap tarafida vertikal ustun bo‘ylab elektron ta’lim resurslari joylashtirilgan bo‘lim(menyu)lar ro‘yxati keltirilgan. Ayrim bo‘limlar, joylashtirilgan resurslarning turlari va shakllariga ko‘ra bir necha ichki bo‘limlarga bo‘lingan. Bosh sahifaning markaziy qismida esa mavjud resurslar haqida tegishli ma’lumotlar aks ettirilgan.

Menyular ro‘yxatining boshida joylashgan “Elektron axborot-ta’lim resurslari” bo‘limi ikki qismga bo‘lingan bo‘lib, birinchi bo‘limga umumta’lim fanlaridan mavzular bo‘yicha ishlab chiqilgan elektron dars ishlanmalari, darsliklarning multimediali ilovalari joylashtirilgan. Ikkinchi bo‘limga esa “Eng yaxshi EATR” ko‘rik-tanlovida joriy yilda sovrinli o‘rinlarni egallagan elektron ta’lim resurslari joylashtirilgan. Resurslarni sinflar, o‘quv fanlari, ta’lim tillari yoki ishlab chiqilgan yillari bo‘yicha alohida saralash imkoniyati mavjud. Buning uchun, saralash parametrlari yonidagi uchburchakli belgi tasviri tushirilgan tugmalardan biri bosiladi va hosil bo‘lgan oynadan tegishli sinf, fan yoki ta’lim tili tanlanib “Saralash” tugmasi bosiladi.
Bo‘limdagi muayyan resurs haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun sichqoncha ko‘rsatkichi resurs nomi yozilgan matn ustiga olib boriladi va sichqoncha ap tugmasi bosiladi. Natijada, ekranda quyidagi rasmda keltirilgan oyna paydo bo‘ladi. Resursni yuklab olish uchun yuklab olish tugmasi bosiladi.