Diqqat! Portal test rejimida ishlamoqda!

She`rlar

Iqboli buyuksan

Yuklab olish
Manba: MUDRM Tavsif: 4-sinf O‘qish

Abdulla Oripov

IQBOLI  BUYUKSAN

Avvalo  rahmatdir  Onaga,
So‘ng  esa  albatta  Otaga.
Bizlarga  eslatmish  hayotni,
Unutmang  hech  qachon  ustozni.

Sen  o‘zbek  elining  farzandi,
Istiqlol  yurtining  dilbandi...
Vataning  g‘oyatda  keng  erur,
Barchaga  barobar,  teng  erur.

Mehnatda  qotsa  ham  suyaging,
 Hech  yerga  tegmasin  kuraging.
Chiniqtir  mayliga  sen  tanni,
Unutma  va  lekin  Vatanni.

Bolajon,  sen  doim  suyuksan,
Bilib  qo‘y,  iqboli  buyuksan!

Yana...