Diqqat! Portal test rejimida ishlamoqda!

Hikoyalar

"Mehrjon sayli"

Yuklab olish
Manba: MUDRM Tavsif: 3-sinf O‘qish

Mehrjon sayli

 

        Mehrjon bilan Navro‘z o‘zbeklarning eng  go‘zal, eng tarovatli bayram sayillaridan hisoblanadi. Chunki ular xalqchil, hayotiy an’analaridir.

  Navro‘z bahor kirishi, qishning ayozli kunlaridan uzil-kesil qutulib, yangi kun, yangicha hayotning boshlanishini nishonlash bayramidir.

 Mehrjon esa hosil ko‘tarib,  qishga tayyorgarlik ko‘rishdir, to‘kin-sochinlikka shukronalik,  hayotga muhabbat ramzidir. Xalq kuzgi bayram sayilining nomini “Mehrjon” deb bilib qo‘ygan.

  U dehqon yil bo‘yi qilgan mehnatining lazzatini totib ko‘rayotgan paytda - 25-senrabrga o‘tar kechasi nishonlanadi.Abu Rayhon Beruniy so‘zi bilan aytganda, Quyosh va Oy falakning ikki ko‘zi bo‘lgandek,  Navro‘z bilan Mehrjon ham zaminning ikki ko‘zidir

                                                                                                                

Malik Murodov. (O‘qish kitobidan)

Yana...