Diqqat! Portal test rejimida ishlamoqda!

She`rlar

JONLARNI JONONI VATAN

Yuklab olish
Manba: MUDRM Tavsif: 7-sinf

Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889–1929)

JONLARNI JONONI VATAN
Vatan, vatan der edilar, na der edim bilmay oni, endi bilsam,
vatan erkon bu tanlarning shirin joni. 
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, 
Vatan, sensan, bale  bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
Sensan ekan bizlara chin tug‘mish bir munglig‘ ano, 
Boqg‘ung tirik bo‘lsak, agar o‘lsak quchog‘ingda yano. 
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, 
Vatan, sensan, bale bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
Ko‘zlarmi ko‘r bo‘lgan uchun hech tanimas bo‘ldik sani, 
Og‘rindi ko‘ngling yuzaga og‘lo  siring chiqsin qani? 
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, 
Vatan, sensan, bale bilganlarga jonlarni jononi, Vatan! 
Essiz, essiz tug‘gonlaring ko‘z yumib o‘q otib sani 
Bog‘lab qo‘ling, boyonlara ne oldilar sotib sani? 
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni,
Vatan, sensan, bale bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
San onaizor ekan-da, achingoning bor ekan-da, 
O‘lmay laxta qonlar to‘kib, xor bo‘lib yuror ekan-da.
 Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, 
Vatan, sensan, bale bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
Biluvchilar qo‘l tutmadi, bizga sani tonutmadi,
 Bilmam nelarga aldanub tangri buyrug‘in tutmadi.
 Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni, 
Vatan, sensan, bale bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
Bilimsizlar anglashmadi, ohu voying tinglashmadi,
 Bilguvchilar burchi ekan o‘ng‘aylamoq, o‘nglashmadi. 
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlaring qoni,
Vatan, sensan, bale bilganlarga jonlarni jononi, Vatan!
Nihon yig‘lab qon yutunur, kechmog‘lig‘ingni  o‘tinur, 
Mundin buyon o‘g‘lonlaring chandon tonurg‘a tutinur.

Yana...