8-sinf 1-Laboratoriya ishi:
Elektr zanjirini yig‘ish, uning turli qismlaridagi tok kuchi va kuchlanishni o‘l
SOG‘INISH
Zo‘r karvon yo‘lida yetim bo‘tadek, Intizor ko‘zlarda halqa-halqa yosh. Eng kichik zarradan Yupitergacha
O‘zing murabbiysan, xabar ber, quyosh.
Uzilgan bir kiprik abad yo‘qolmas, Shunchalar mustahkam xonayi xurshid, Bugun sabza bo‘ldi qishdagi nafas, Hozir qonda kezar ertagi umid.
Xoki anjir tugab, qovun g‘arq pishgan, Baxtli tongotar chog‘ uni kuzatdim,
Bir mal’un gulshanga qadam qo‘ymishkan, Joni bir jondoshlar qolarmidi jim.
Unda yetuk edi meros mard g‘urur, Ostonani o‘pib, qasamyod qildi.
Ukalarin erkalab o‘zimday mag‘rur, Ya’ni obod uyimni u dilshod qildi.
Iblisning g‘arazi bo‘lgan bu urush Albatta, yetadi o‘zin boshiga.
O‘g‘lim omon keladi, g‘olib, muzaffar, Gard ham qo‘ndirmasdan qora qoshiga.
Ne qilsa otaman, meros hissiyot... Jondan sog‘inishga uning haqqi bor, Kutaman uzoqdan ko‘rinsa bir ot, Kelayapti,
Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam, Qo‘msayman birovni – allakimimni.
Doimo umidim bardam bo‘lsa ham, Ba’zan vasvasalar bosar dilimni.
Balki bir g‘alat o‘q yo xavf-u xatar Xazinai umrimdan yo‘qotdi olmos...
Yo‘q, u o‘lmas, qadami olam yaratar, Hayotiy bu olam siz-u bizga xos.
Tong otar chog‘ida juda sog‘inib, Bedil o‘qir edim, chiqdi oftob.
Loyqa xayolotlar chashmaday tindi, Pok-pokiza yurak bir qatra simob.
O‘rog‘-u gulqaychi, istak ko‘tarib, Hovrimni bosishga boqqa jo‘nadim. Hasharchi qo‘shni qiz – uning sevgani, Ma’yus bosar edi orqamdan odim.
...Dur bo‘lib taqilar yoring bo‘yniga, Sadafday ko‘zimda behuda bu yosh, Ikkoving ikki yosh, labing labiga Qo‘yar. Vasvasamdan kuladi quyosh.
...Sizlarni keldi, deb eshitgan kuni O‘zing to‘qib ketgan katta savatda To‘latib shaftoli uzib chiqaman, G‘alaba kunlari yaqin albatta.
Yayov, ko‘ksim ochiq, boshda shaftoli, Xuddi mo‘ylovingdek mayin tuki bor. Har bitta shaftoli misoli kulgu, Shafaqday nimpushti, sarin, beg‘ubor.
Suyganing labida reza ter kabi, Unda titrab turar sabuhiy shabnam. Munchalik mazani topa olmaydi
Uyquda tamshangan chaqaloqlar ham.
Ye, o‘g‘lim, jonginang salomat bo‘lsin, O‘z bog‘ing, o‘z mevang danagin saqla. Shu meros bog‘ingni o‘z qo‘lingga ol, Menga topshirilgan merosiy haq-la.
Bog‘da tovus kabi xiromon bo‘lib, Umid danagini birga ekingiz,
G‘olib kelajakni sayr qilaylik Mushq onaginang bilan ikkimiz.
Elektr zanjirini yig‘ish, uning turli qismlaridagi tok kuchi va kuchlanishni o‘l
Tok kuchini reostat yordamida rostlash.
O‘tkazgich qarshiligini ampermetr va voltmetr yordamida aniqlash.
Yarim o‘tkazgichli diod yordamida tokni to‘g‘rilash.
Elektron ta'lim resursi
Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash.
Gey-Lyussak qonunini o'rganish.
Radioaktiv nurlanishda materiallarning singdirish koeffitsiyentini aniqlash.
O‘quvchilar mustaqillikka qanday erishganligimiz va mustaqilligimizning qadr-qim
O‘quvchilar galogenlar bilan bevosita tajribani kuzatadilar.