Diqqat! Portal test rejimida ishlamoqda!

Topishmoqlar

Cholg'u asboblari

Yuklab olish
Manba: MUDRM Tavsif:

Cholg'u asboblari haqida topishmoq

Cholg‘u asboblari

Uzun terak yiqildi, 
Uchi mening qo‘limda. 
Zag‘izg‘oni sayraydi, 
Sochi mening qo‘limda. 
(Tanbur) 

Uch ayg‘ir, 
haydadim tekis yo‘lga, 
Uchoviga o‘n odam 
xizmat qilar zo‘rg‘a-zo‘rg‘a. 
(Dutor) 

Bogda bulbul sayraydi, 
Egalari so‘zlaydi. 
(Dutor) 

Tomda turib gilam qoqdim. 
(Nog‘ora) 

Hasan dorozi bir bukur, 
Hovliga soladi zikir. 
Har mo‘ridan tutun chiqsa, 
Bachchalar tapir-tupur. 
(Karnay) 

Tomda turib gilam qoqdim, 
Changi jahonga ketdi. 
(Nog‘ora) 

O‘zi mitti, 
Ovozi olamga yetdi. 
(Surnay) 

Joni yo‘q, 
Ursa yig‘laydi. 
(Qo‘ng‘iroq)

Yana...