Media ta‘lim
Media ta‘lim
Ekin va o‘simliklar
Abdal buva ariqdir,
Og‘zi, burni murriqdir.
(G‘o‘za)
Chopsang kular,
Chopmasang o‘lar.
(Paxta)
Og‘zini ochib yerga qaraydi,
Og‘zidan oq ko‘pik sochadi.
(Paxta)
Qorday oppoq,
Yungday yumshoq.
(Paxta)
Ildizi yerda,
Yulduzi ko‘kda.
(Paxta)
Kichkina xurmacha,
Og‘izlari burmacha.
(Ko‘sak)
Yerdan ko‘karib chiqar,
Bag‘ridan oltin oqar.
(Paxta)
Momiqqina onasi,
Yog‘liqqina bolasi.
(Paxta, chigit)
Hamma yog‘i qiltik,
Hamma unga intiq.
(Bugdoy)
Solaman qizil,
Chiqaraman oq.
(Bug‘doy, un)
O‘zi ariq,
Rangi sariq,
Yuzi qizil,
Boshi qiltiq.
(Bug‘doy)
Qizilini o‘zim yedim,
Sarig‘ini molga berdim.
(Bug‘doy, somon)
Dik-dik etar, buti yo‘q,
O‘tiray desa o‘rni yo‘q,
Arig‘i boru suvi yo‘q.
(Bug‘doy)
Kichkina qiz,
Qo‘lida bigiz.
(Sholi)
Bizning uyda bir qiz,
Boshida bir tol qil yolg‘iz.
(Sholi)
Kich-kichkina to‘ni bor,
Uchida qili bor.
(Shodi)
O‘zi yosh,
Mo‘ylovi uzun.
(Shodi)
Taram sochli qiz to‘dasi,
Suvda yotar kun-kechasi.
Suvda yotib suvga tegmay
Oltmishida u sarg‘aygay,
Sakson kunda saboqdadir,
To‘qson kunda tovoqdadir.
(Guruch)
Yerdan chiqar taranib,
Zarrin dastor o‘ranib.
(Makkajo‘xori)
Bo‘yi bir qarich,
Soqoli ikki qarich.
(Makkajo‘xori)
Sariboy bobom ichkari,
Soqollari tashqari.
(Jo‘xori)
Bir uya ustida ming ari.
(Jo‘xori)
Mingta alp og‘adir,
Ming o‘raga sig‘adir.
(Jo‘xori)
Ko‘k ko‘ylakli xotin,
Sarig‘ bola ko‘targan.
(Jo‘xori)
Ko‘k kiyimni kiymayman,
O‘sha yerda turmayman.
(Jo‘xori)
Qiya-qiya yerlarda
Qiyma juvon o‘tirar.
Dakanasin dol qo‘yib,
Tolma juvon o‘tirar.
(Oq jo‘xori)
Amakim egnida ko‘k chopon,
Boshida oq dastor.
(Oq jo‘xori)
O‘tirishlari eshonday,
Ko‘zlari mohparonday.
(Oq jo‘xori)
Uzun-uzun ko‘chalar,
Ichi to‘la bachchalar.
(Loviya)
Biznikiga mehmon keldi,
Hammasining qoshi qora.
(Loviya)
O‘zi pishiq,
Burni qiyshiq.
(No‘xat)
Malla mushuk,
Bo‘yni qiyshiq.
(No‘xat)
Qora-qora qoramuq.
(Mosh)
Qora-qora qo‘g‘irmoch.
(Mosh)
Oltin sochdim tojidor,
Bunga hamma xaridor.
(Tariq)
Bir tub chikor, bir tub chinorda
Qirq butoq, qirq butoqda qirq uya,
Qirq uyada qirq tuxum.
(Tariq)
Ernazar bobom enkayadi,
Kallasi qinqayadi.
Tevaragi to‘p-to‘p,
O‘rtasi qip-qizil.
(Tariq)
Kunga qarab tolmaydi,
Kundan ko‘zni olmaydi.
(Kungaboqar)
Bir qarichcha bo‘yi bor,
Ola-chipor to‘ni bor.
(Zig‘ir)
Bir tanada
Ming dona.
(Kunjut)
Terak uchida xum,
Ichida qum.
(Ko‘knori)
Kichkina, kichkina kelinchak,
Boshlarida tugunchak.
(Isiriq)
Boyning qizi tog‘da kelinchak.
(Isiriq)
Madad akamning boshida baxmal taqiyasi bor.
(Qizg‘aldoq)
Qizlarjonning boshida
Qizil baxmal taqiya.
(Qizg‘aldoq)
Eksang bitar,
Isi hamma yoqni tutar.
(Rayhon)
Ko‘m-ko‘k tusi,
Xushbo‘y isi.
(Rayhon)
Ariq bo‘yida to‘shak.
(Maysa)
Uzun terak,
Ichi kovak.
(Qamish)
Zil terak,
Zilmon terak.
(Qamish)
Soqoli bir qarich,
O‘zi ming qarich.
(Qamish)
Daryo,
O‘rtasida bo‘yro.
(Qamish)
Biz, biz edik,
Ming qiz edik,
Bizni o‘rdilar,
Ipga tizdilar.
(Qamish)
O‘z elimda el edim,
Tulki tumoq bek edim.
Qiyildim, quchoqqa tushdim,
O‘ttiz ikki tuzoqqa tushdim.
(Qamish)
Qator-qator turganlar,
Tulki tumoq kiyganlar.
(Qamish)
Yer tagida qizil yulg‘un.
(Ro‘yan)
Chir-chir qushlar,
Chirmashiq qushlar.
O‘zining joni yo‘q.
Odam kelsa, tishlar.
(Tikan)
Lip etadi, kirib ketadi,
Chiqazolmay esing ketadi.
(Tikan)
Yo‘l ustida voyvoyak.
(Tikan)