Diqqat! Portal test rejimida ishlamoqda!

Topishmoqlar

Mehnat ish qurollari

Yuklab olish
Manba: MUDRM Tavsif: Umumiy ta‘lim

Mehnat ish qurollarilari haqida topishmoq

Mehnat, ish qurollari

 

To‘rda turgan to‘rt yigit, 
To‘rtovi ham mard yigit. 
(Cho‘p savag‘ich) 

Bizning uyda to‘rt kampir, 
To‘rtovi ham mard kampir. 
(Savag‘ich) 

Qorong‘i uyda ko‘p polvon olishadi. 
(Cho‘p savagich) 

Biznikida bitta kishi, 
Og‘zida qirqta tishi. 
(Jun tarog‘i) 

Oqqina kuchuk xov-xov etdi, 
Qorni to‘yib ag‘nab ketdi. 
(Urchuq) 

Guv-guv etadi, 
Marg‘ilon ketadi. 
(Urchuq) 

Charchamas kampir ko‘rdim, yolg‘iz oyoq, 
Og‘ziga tashlab olgan cho‘pdan tayoq. 
Yurgan sari belbog‘ini qavatlaydi, 
Beribdi unga go‘zallikni ayamayoq, 
(Urchuq) 

G‘uv-g‘uv etar, 
Qorni to‘ysa yumalab ketar. 
(Urchuq) 

Sariboy akam saqtali, 
Ikki oti no‘xtali. 
(Charx) 

Bir yog‘iga qor yog‘adi, 
Bir yog‘iga do‘l yog‘adi. 
(Halloji) 

Ikki qo‘chqor urishar, 
Qumalogi tushar. 
(Halloji) 

U yoqqa o‘tadi qizgina, 
Bu yoqqa o‘tadi qizgina, 
Qulogiga halqa taqib, 
Shildirab o‘tadi qizgina. 
(Moki) 

G‘oz qaqillab o‘tar, 
Qanoti sharqillab o‘tar. 
(Moki) 

Urdim, gup etdi, 
Yer tagiga kirib ketdi. 
(Ketmon) 

Sen urmasang, u urmas. 
(Ketmon) 

Yugurib, chaqqon o‘tadi, 
Tagidagin o‘ldirib ketadi. 
(Ketmon) 

Uzi jonsiz, 
Ishga polvon. 
(Ketmon) 

Metalim matti, 
Qulog‘i qatti. 
Qulog‘iga qattiq tepdim, 
Yalpayib yotdi. 
(Bel) 

Tushgan yerini kesar. 
(Tesha) 

G‘it-g‘it deydi, ishlaydi, 
Yerga kukun tashlaydi. 
(Arra) 

Qora tuya qaltiraydi, 
Qobirg‘asi yaltiraydi. 
(Arra) 

Og‘zi yo‘q, 
Tishi ko‘p. 
(Arra) 

Tushgan yerini uzar. 
(Ombur) 

Kelib og‘zini ochar, 
Tishlab olib qochar. 
(Ombur) 

Boradir, boradir, 
Oyog‘ini ko‘tarib yotadir. 
(Zambil) 

Oqqina tovuq somon sochar. 
(Panshaxa) 

Yer tagida oy yurar. 
(Omoch) 

Yer ostida boy boradi. 
Qulog‘ida loy boradi. 
(Omoch) 

Yer tagida quyruq boradi. 
(Omoch) 

Ketaveradi, ketaveradi, 
Tog‘day joyni buzib keladi. 
(Omoch) 

O‘zi yerning tagida, 
Kuchi yerning ustida. 
O‘ttiz ikki og‘ayni, 
Bir-birining ustida. 
(Chig‘iriq) 

Yigirma besh og‘ayni, 
Bir-birining izida. 
(Chig‘iriq) 

Egiladi, bukiladi, 
Mevalari to‘kiladi. 
(Chig‘iriq) 

Yozda yurar, 
Qishda yotar. 
(Chig‘iriq) 

Mening kuchugim hovullaydi, 
Qorni to‘q bo‘lsa aylanadi. 
(Chig‘iriq) 

Bir qushim bor ajoyib, 
Don cho‘qiydi yeyolmaydi, 
Qanot qoqadi, ucholmaydi. 
(Juvoz) 

Qorong‘i tomning ichida 
Polvon akam ikki oyoq bilan tepadi. 
(Juvoz) 

Qorong‘i saroyda buzoq shiqirlab og‘zidan ko‘pik sochadi. 
(Tegirmon) 

Yer ostida g‘olton guldiraydi. 
(Tegirmon) 

Qat-qat mening cho‘ntagim, 
Qatlama mening cho‘ntagim, 
Yetti yerdan to‘y qelsa, 
To‘ymas mening cho‘ntagim. 
(Tegirmon) 

Ko‘p yeydi, tez yeydi, 
Mayda chaynaydi. 
O‘zi yuta olmaydi, 
O‘zgalarni to‘ydiradi. 
(Tegirmon) 

U nimadir, quv yog‘ochdan og‘zi bor, 
U nimadir, o‘rtasida mag‘zi bor, 
U nimadir, yelkasida og‘zi bor, 
U nimadir, suv ostida qimirlar. 
(Tegirmon) 

Tomda turib karnay chaldim, 
Tovushi Qo‘qonga ketdi. 
(Tegirmon duti) 

Bir jumbog‘im bor boshdan, 
Joni temir, toshdan. 
Zuhra xola, yuguravering, 
Usta tosh o‘ldi ochdan. 
(Tegirmon)

Yana...